Montessori ta'limi metodini tushunish
Italiyalik Doktor Maria Montessori tomonidan bir asr oldin 1907-yilda ishlab chiqilgan.Bu kashfiyotni Maria Xonim bolalarning o'zi bilan birga yaratgan va bu metod nafaqat Italiya balki qisqa vaqtda o'z samarasini berib, Yevropada tezlik bilan tarqalgan.Hozirda Montessori maktablari 110 dan oshiq mamlakatlarda 60000 tadan oshgan.Eng ko'p AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi yirik rivojlangan mamlakatlar Montessori metodidan foydalanadilar. Montessori falsafasida asosiy urg'u bu - tayyorlangan muhit va tayyorlangan kattalar hisoblanadi. Montessori sinfxonasi bu bolalar uyidir, chunki muhitdagi harbir narsa bolalarning bo'ylari, jajjigina qo'l va oyoqlari o'lchamlariga moslashtirilgan. Bu orqali ularni ruhan, jismonan, aqlan va sog'lom bo'lishlari va kamolotga erishishlari maqsad qilingan. Montessoriga tayyorlangan gid-ustozlar esa bu yo'nalishi bo'yicha boy nazariyaga va amaliyotga ega xalqaro diplomli mutaxassislar bo'libgina qolmay, ular ta'limni qadrlovchi, bolalarni sevuvchi, jamiyatni yuksaltiruvchi, kelajak avlod haqida qayg'uruvchi insonlardir. Montessori pedagog faqatgina o'rgatmaydi, o'qitmaydi u ko'rsatib beradi, o'zi namuna bo'ladi.
Individuals Montessori bog'chasi haqida
Individuals Montessori bog'chasi Toshkent shahri Olmazor tumani Saraton ko'chasi 24- uyda joylashgan bo'lib, farzandingizni haqiqiy Montessori muhitiga taklif qiladi. Mashg'ulotlar dushanbadan jumagacha ertalab soat 8:00-14:00 yarim kunlik yoki 8:00-17:00 gacha to'liq kunlik tartibda olib boriladi. Dam olish kunlari – shanba va yakshanba kunlaridir. Montessori guruhlari 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan hamda mashg'ulotlar Xalqaro Montessori Assosiatsiiyasi tomonidan berilagan diplomga ega mutaxassis va IELTS sertifikatli assistent tomonidan olib boriladi. To'lov haqidagi ma'lumotlarni bog'chamizga tashrif buyurib yoki quyidagi kanallar va telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.
Xo'sh, nega aynan Montessorini tanlaylik?
Montessorining foydalari:
Montessori ta'limi amalda:
Bizning yondashuv diqqat bilan tayyorlangan muhitni, maxsus ishlab chiqilgan materiallar va sensorik, ya'ni hissiy rivojlanishiga yordam beradigan mashg'ulotlarni, amaliy hayot ko'nikmalari-yu, matematika, til, geografiya va yana tabiatni kashf etishga qo'yib beradigan darsliklarni o'zida birlashtiradi. Bolalar o'zlarining tabiiy qiziqishlari va qiziquvchanliklari asosida o'zining o'rganish tezligida tarbiyalanadilar. Sinfxonasi bir necha zonalarga bo'lingan: Amaliy hayot, Sensorika, Matematika, Til, Geografiya, Botanika, Madaniyat Bolaning individual salohiyati va qiziqishini payqash uchun tanlash imkoni beriladi. Bolani kuzatish va uni har bir bosqichda qo'llab-quvvatlash orqali ustoz gidlik vazifasini bajaradi.
Bizni tanlagan ota-onalar xotirjam, nega deysizmi?
Chunki ularning farzandlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Xo'sh, bunda ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydigan biror yordam bormi?
Ota-ona Montessori yo'nalishida o'ta muhim rol o'ynaydi, chunki ularning bola bilan munosabatlari ham Montessori tamoyillariga uyg'un bo'lishi kerak. Aslida, Montessori falsafasi sinfxonadan tashqarida ham ishlaydi. Siz bolangizga beziyon muhitni uyda ham tashkillashtirishingiz uning mustaqilligini ta'minlaydi, farzandingizning tanlovlariga hurmat bilan chiroyli muomalada bo'lishingiz, masalan, iloji boricha birga ko'proq vaqt o'tkazishingiz, birgalashib kitob mutolaa qilishingiz kabilar aynan Montessori tamoyillariga mos keladi. Shu bois, Siz uchun alohida OTA-ONALAR BILAN ISHLASH XONASINI tashkillashtirganmiz. Bunda sizni bolangiz bilan munosabatlaringizda qiynayotgan savollarga BEPUL KONSULTATSIYA olishingiz mumkin.